XALQARO KONFERENSIYA: Tempus GE-UZ + GISCA 2015

Tempus GE-UZ xalqaro konferensiyasi an’anaviy “Markaziy Osiyoda GAT” (GISCA 2015) konferensiyasi bilan hamkorlikda “Yer va suv resurslarini geofazoviy boshqarish” mavzusida shu yilning 14-16 may kunlari Toshkentda tashkil etildi. GISCA 2015 konferensiyasi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tomonidan “Avstriya-Markaziy Osiyo GAT markazi” (ACA*GIScience) va Zalsburg Universiteti (Avstriya) ning “Geoinformatika markazi” (Z_GIS) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

GE-UZ yozgi o’quv kurslari

Geoinformatika bo’yicha yozgi o’quv kursi Tempus GE-UZ loyihasining so’nggi hisobot yig’ilishi bilan bog’liq holda O’zbekistondagi hamkor universitet talaba va yosh o’qituvchilari uchun tashkil etildi. Mazkur yozgi o’quv kursining shiori “GE-UZ O’zbekistonda barqaror rivojlanishga qanday erishmoqda?” deb nomlandi. Bunda dastur 2 ta alohida kurslardan iborat bo’lib, 2015 yilning 10-16 may kunlari bir hafta davomida bo’lib o’tdi.

Geoinformatika bo’yicha magistratura kursining tajriba bosqichi

2014 yilning sentabr oyidan boshlab Tempus GE-UZ loyihasi tomonidan O’zbekistondagi hamkor universitetlarda Geoinformatika mutaxassisligi bo’yicha magistratura kursi ochilib, yaratilgan o’quv materiallari sinovdan o’tkazila boshlandi. Talabalar ta’lim olishni Geodeziya va kartografiya (Geoinformatika) magistratura guruhida boshladilar. Hozirgi kunda ikkita fandan darslar dotsent Ilhomjon Musayev (GAT), professor Eshqobil Safarov hamda Ziyo Oxunov (Kartografiya va geovizualizatsiya) tomonidan o’tkazilib kelinmoqda.

Tempus GE-UZ loyihasining 2-hisobot yig’ilishi

2014 yilning 2-4 oktabr kunlari Budapeshtdagi Obuda Universitetida Tempus GE-UZ loyihasining 2-hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Obuda Universiteti ayrim institutsional o’zgarishlar sababli yaqindagina mazkur loyihaga a’zo sifatida qo’shildi. Loyiha hamkorlariga uning hozirgi holati haqida axborot berildi hamda kelgusi tashkiliy va boshqaruv vazifalari muhokama qilindi.

Magistratura kursi akkreditatsiya qilindi

     Geoinformatika bo’yicha yangi magistratura mutaxassisligini tashkil etish GE-UZ loyihasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish maqsadida Geoinformatika magistratura mutaxassisligi uchun tuzilgan Davlat Ta’lim Standarti Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlandi. 2014 yilning 1 iyuldan 31 iyulgacha Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida ushbu magirtraturaga kirish uchun hujjatlar qabul qilindi.

GE-UZ loyihasi haqidagi ma’lumotlar tarqatilmoqda

 GE-UZ loyihasining jamoasi 2014 yilda bir nechta tadbirlarda qatnashib Tempus dasturi tomonidan moliyalashtirilgan, O’zbekistondagi hamkor universitetlarida Geoinformatika bo’yicha yangi magistratura mutaxassisligini tashkil etish va zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan loyihaning erishgan muvaffaqyatlari haqida keng ommani xabardor qildilar.

Pages