Aziz mehmon!

Erasmus+ DSinGIS loyihasining veb-saytiga xush kelibsiz! Loyihaning maqsadi – Geoinformatika orqali O’zbekistonda barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlashdir.

Mazkur veb-sayt orqali sizlarga avvalgi GE-UZ hamda yangi DSinGIS loyihalarining maqsadlari haqida ma’lumot berib boramiz. Shuningdek, loyihaning Yevropa va O’zbekistondagi hamkorlari haqida ma’lumot olishingiz; asosiy tadbirlar (seminarlar, yozgi maktablar va h.k.) va ularning natijalarini kuzatishingiz; elektron o’quv materiallari va DSinGIS loyihasi bilan bog’liq boshqa materiallari bilan tanishishingiz mumkin.

Saytimiz orqali loyihaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini kuzatib boring.

Navbatdagi tadbir: Loyihaning 1 yillik yakunlari bo’yicha hisobot yig’ilishi (Toshkent, O’zbekiston) 2018 yil 21-23 oktyabr