Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ «DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura» loyihasining STIPENDIYA DASTURI

Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ «DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura» loyihasi doirasida doktorantlar (PhD), yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan

STIPENDIYA DASTURI

Dasturning maqsadi – Geoinformatika orqali O’zbekistonda barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash, GIS dasturini tatbiq etish sohasida doimiy kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi yangi doktorlik dasturini, innovatsion doktorlik dasturlarini va usullarini ishlab chiqish, o‘zbekistonlik olimlar e’tiborini xalqaro tartib-qoidalarga asoslangan Geoaxborot tizimining ilmiy asoslarida doktorlik va tadqiqot ishiga qaratish hamda professor-o‘qituvchilar va doktorantlarni Geoinformatikaga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlashdan iboratdir.

 Mazkur grant 2 oyga mo’ljallangan bo’lib, nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • talabnoma beruvchining hamkor OTMda doktorant (PhD), yosh olim yoki mustaqil tadqiqotchi ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat  (o’zbek tilida);
  • Europass CV (ingliz tilida);
  • Magistr diplomi va uning ilovasi nusxalari (ingliz va o’zbek tillarida);
  • Mavzuga oid sertifikatlar va arizachining eng muhim uchtagacha ilmiy maqolalari (ingliz va o’zbek tillarida);
  • Maqsadni ifodalovchi xat (Motivation letter, ingliz tilida);
  • Tadqiqot davomida taklif qilingan tadbirlar jadvalini taqdim etadigan ishlarning qisqacha mazmuni (ingliz tilida);
  • O'zbekistondagi hamkor OTMlarning yuqori malakali xodimlaridan birining tavsiyanomasi (ingliz tilida);
  • Ingliz tili darajasini aniqlab beruvchi hujjat (TOEFL yoki IELTS); agar bunday hujjat mavjud bo'lmasa, til ko'nikmalarini Yevropa hamkor OTMlaridagi potensial rahbar onlayn intervyuda baholashi mumkin. Shundan so’ng, rahbar Qabul Komissiyasi raisiga murojaat etuvchining ingliz tili darajasini tasdiqlab beradi.

Nomzodlar quyidagi mavzular bo'yicha saralanib olinadi:

  1. Geospatial analysis of noise pollution and health care.
  2. Application of Remote Sensing and GIS in precision agriculture.
  3. Temporal variations of the gravity field due to major Earthquakes.
  4. Creating the scientific basis of cartographic ensuring of State water cadaster and managing the water resources by GIS technologies.
  5. Change detection in complicated hydromorphic landscapes with remote sensing.
  6. Cross-cultural web map design – recommendations and prototypes.
  7. Using geo participation to assess urban green in terms of young people’s perception — by the example of Tashkent.
  8. Spatial Simulation of land-use change.
  9. Study Ecosystems and its services to develop a zonal map of Aral Sea region (protected areas) in Uzbekistan.
  10. Synthesis of observed historic and expected future climate changes.
  11. Impacts of climate change on crop production.
  12. Comparison and assessment of available land-cover and land-use maps.
  13. Determination of a precise geoid model for Uzbekistan.
  14. Geodetic reference systems in Central Asia and their transformations.
  15. Anthropic Footprints in Riparian Ecosystems: spatial modelling for post-deltaic landscapes.
  16. GIS methods for land use optimisation in irrigated agriculture area with ecological constraints.
  17. Specific maps in the city and improving the methodology of compiling the plan.
  18. Scientific bases of system mapping of the regions of Uzbekistan for the purposes of tourism (on the example of the Samarkand region).

 G’olib bo’lgan nomzodlar loyiha doirasidagi Yevropa Ittifoqining quyidagi hamkor OTMlarida 2 oy davomida malaka oshirishlari mumkin:

  • Obuda universiteti (OU), Vengriya
  • Zalsburgdagi Parij Lodron universiteti (PLUS), Avstriya
  • Qirollik texnologiya instituti (KTH), Shvetsiya
  • Qishloq xo’jaligini rivojlantirish Leybnits instituti (IAMO), Germaniya

Dastur bilan bog’liq barcha harajatlar Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasi tomonidan qoplanadi.

Arizalar joriy yilning 30 iyul sanasiga qadar qabul qilinadi!

Мazkur dastur bilan bog`liq batafsil ma`lumotlarni loyihaning quyidagi veb-sahifasi orqali olish mumkin: http://www.dsingis.eu/  

Hujjatlar TIQXMMI ning Xalqaro hamkorlik bo'limida qabul qilinadi. Tel: +998(71) 237-09-87