GISCA 2019 Xalqaro Konferensiyasiga maqolalar qabul qilish davom etmoqda

Aziz do’stlar va hamkasblar!

Har yilgi «Markaziy Osiyoda GAT» Konferensiyasi – GISCA 2019 maqolalar uchun 2-chaqiriqni e’lon qildi va Qirg’izistonning Bishkek shahrida 30 May — 1 iyunga belgilangan anjumanga ro’yxatga olish boshlandi. Ushbu ingliz tilida bo’lib o’tadigan anjumanining asosiy vazifalari Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardan GAT bo’yicha olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarni bir joyga to’plash hamda GAT ta’limida xalqaro hamkorlik va bilimlar almashinuvini rag’batlantirishdan iborat.

2019 yilda GISCA «Fazoviy ma’lumotlardan fazoviy aqlga» mavzusiga qaratilgan. Geografik axborot fani konseptual asos sifatida, Geoinformatika metodologiya sifatida va GAT dasturiy texnologiya sifatida axborotni turli manbalar orqali bog’lash va joylashtirish uchun kuchli vositalardir. Bu bizning muhit va tabiiy resurslarimizni, iqtisodiyotimizni va oxir-oqibat jamiyatimizni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarurdir.

Konferensiya hay’ati aytib o’tilgan anjuman mavzulariga oid ilmiy maqolalarni Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratgan holda qabul qiladi. Konferensiyada faol ishtirok etish maqola yoki poster taqdimoti, shuningdek seminarda qatnashish orqali taklif etiladi. Ingliz tilida qabul qilingan maqolalar «KSUCTA Axborotnomasi» davriy ilmiy jurnalida ko’rib chiqiladi va chop etiladi. Tanlangan maqolalar Xalqaro Geoinformatika jurnalida chop etish uchun tavsiya etiladi (http://e-geoinfo.net).

Biz ushbu axbotorotni barcha manfaatdor GAT o’qituvchilari, ma’murlari va mutaxassislariga tarqatishingizni so’raymiz. Maqola abstraktlarini 2019-yil 14 aprel sanasigacha va to’liq maqolalarni 2019 yil 14-may sanasiga qadar gisca19@aca-giscience.org elektron pochtasiga topshirish lozim. GISCA 2019ga ro’yxatga olish, kun tartibi va maqolalarni taqdim etish tartibi kabi bacha ma’lumotlar konferensiyaning quyidagi rasmiy sahifasida mavjud: https://gisca2019.wordpress.com/

GISCA 2019 da kutib qolamiz!

GISCA 2019 Tashkiliy qo’mitasi.