ERASMUS+ «DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura» loyihasining STIPENDIYA DASTURI TANLOVI

Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ «DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura» loyihasi doirasida loyihaning quyidagi O’zbekistondagi hamkor OTMlarning doktorant (PhD), yosh olim va mustaqil tadqiqotchilari uchun mo’ljallangan stipendiya dasturiga tanlov e’lon qilindi:

  1. Tоshkent irrigatsiya va qishlоq xо’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI).
  2. Mirzо Ulug‘bek nоmidagi O’zbekistоn milliy universiteti (O‘zMU).
  3. Berdaq nоmidagi Qоraqalpоq davlat universiteti (QDU).
  4. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (SamDAQI).
  5. Tоshkent arxitektura qurilish instituti (TAQI).

Dasturning maqsadi – Geoinformatika orqali O’zbekistonda barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash, GIS dasturini tatbiq etish sohasida doimiy kasbiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlovchi yangi doktorlik dasturini, innovatsion doktorlik dasturlarini va usullarini ishlab chiqish, o’zbekistonlik olimlar e’tiborini xalqaro tartib-qoidalarga asoslangan Geoaxborot tizimining ilmiy asoslarida doktorlik va tadqiqot ishiga qaratish hamda professor-o’qituvchilar va doktorantlarni Geoinformatikaga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlashdan iboratdir. 

Mazkur grant 2 oyga mo’ljallangan bo’lib, nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • talabnoma beruvchining hamkor OTMda doktorant (PhD), yosh olim yoki mustaqil tadqiqotchi ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat (o’zbek tilida);
  • Europass CV (ingliz tilida);
  • Magistr diplomi va uning ilovasi nusxalari (ingliz va o’zbek tillarida);
  • Mavzuga oid sertifikatlar va arizachining eng muhim uchtagacha ilmiy maqolalari (ingliz va o’zbek tillarida);
  • Maqsadni ifodalovchi xat (Motivation letter, ingliz tilida);
  • Tadqiqot davomida taklif qilingan tadbirlar jadvalini taqdim etadigan ishlarning qisqacha mazmuni (ingliz tilida);
  • O’zbekistondagi hamkor OTMlarning yuqori malakali xodimlaridan birining tavsiyanomasi (ingliz tilida);
  • Ingliz tili darajasini aniqlab beruvchi hujjat (TOEFL yoki IELTS); agar bunday hujjat mavjud bo’lmasa, til ko’nikmalarini Yevropa hamkor OTMlaridagi potensial rahbar onlayn intervyuda baholashi mumkin. Shundan so’ng, rahbar Qabul komissiyasi raisiga murojaat etuvchining ingliz tili darajasini tasdiqlab beradi.

Nomzodlar quyidagi mavzular bo’yicha saralanib olinadi:

  1. Change detection in complicated hydromorphic landscapes with remote sensing.
  2. GIS methods for land use optimisation in irrigated agriculture area with ecological constraints.
  3. Use of GIS technologies to improve the management of irrigated land.
  4. Scientific justification of the geospatial systems, providing the state cadastral geoportal of the territories at the national level.
  5. Scientific justification of the creation methodology of the spatial data model of thematic sections of the state cadastre of buildings and structures.
  6. Creating of the concept on developing the ecological status of the territories.
  7. Improvement of Ameliorative Hydrogeological Monitoring of Irrigated Lands by GIS Technologies.
  8. Uzbek National Park Management: Identification of management opportunities and challenges and suggestions of measures based on the use of open data and VGI.
  9. Determination of surface deformation using InSAR.
  10. The impacts of climate change on water resources and agriculture in Central Asia.
  11. Synthesis of observed historic and expected future climate changes.
  12. Assessment of land-cover and land-use change using secondary data.
  13. Estimation and forecasting of salt and sand migration from the Aral Sea dried bottom basis on GIS technologies.
  14. Creating of proportional and harmonized forms of the historical buildings by BIM, located in Khiva city.
  15. Development and research of methods for determining deformations of high-rise structures in the conditions of Uzbekistan.
  16. Water reservoirs and their impact on the environment.
  17. Study of the geoecological aspects of the development of ecotourism in the Western Tien Shan based on GIS technologies.
  18. Experimental researches of the methods and accuracy of engineering and topographic surveys.
  19. Geospatial analysis of noise pollution and health care.
  20. Mass variations from GRACE and GRACE-FO.
  21. RS for Precision Agriculture: from data acquisition to gaining the information.

Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqot mavzulari abstraktlari bilan birgalikda quyidagi faylda berilgan:

Proposed research topics with abstracts_3rd call

G’olib bo’lgan nomzodlar loyiha doirasidagi Yevropa Ittifoqining quyidagi hamkor OTMlarida 2 oy davomida malaka oshirishlari mumkin:

  • Obuda universiteti (OU), Vengriya
  • Zalsburgdagi Parij Lodron universiteti (PLUS), Avstriya
  • Leybnits O’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo’jaligini rivojlantirish ITI (IAMO), Germaniya

Dastur bilan bog’liq barcha harajatlar Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasi tomonidan qoplanadi, ya’ni 2 oy muddat uchun 4900 yevro miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi hamda 1 martalik borib-kelish bilan bog’liq barcha transport harajatlari qoplanadi.

Hujjatlarni mos ketma-ketlikda tayyorlab, 1 ta faylda (*.pdf) saqlab, elektron variantda joriy yilning 15 iyul sanasiga qadar loyihaning quyidagi hamkor OTMlardagi koordinatorlarining elektron manzillariga yuborishingizni so’raymiz:

  1. TIQXMMI: Ilhom Abdurahmanov, ilhom.isakovich@gmail.com.
  2. O’zMU: Ilhomjon Abdullaev, ilkhomjon.abdullaev@gmail.com
  3. QDU: Polat Reymov, docgisnukus@gmail.com
  4. SamDAQI: Erkin Isakov, isakov_1960@mail.ru
  5. TAQI: Otabek Avezbaev, otabek.avezbaev@gmail.com.

Мazkur dastur bilan bog’liq batafsil ma’lumotlarni loyihaning quyidagi veb-sahifasi orqali olish mumkin: http://geoinformatics.uz/dsingis