KUTILAYOTGAN NATIJALAR

Bevosita natijalar:

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va OTMlar loyihaning eng yaxshi tajribalarini muvofiqlashtirishlari mumkin.

OTMlarda yangi pedagogik yondashuvlar qo’llanila boshlaydi.

OTMlar Geoinformatika bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Geofazoviy sektordagi ishlab chiqarish korxonalari yangi innovativ biznes mahsulotlarini taklif qilishlari mumkin

Jamiyat innovatsiyalardan qabul qilinayotgan qarorlar sifati, xizmatlarning samaradorligi va interaktivligini oshirish, harajatlar va resurslarni iste’molini kamaytirish hamda fuqarolar va hukumat o’rtasidagi aloqani yaxshilash orqali foyda oladi.

Bilvosita natijalar:

IP1: Xalqaro hamkorlik shartnomalari;

IP2: Akkreditatsiyadan o’tgan doktorantura dasturi, ehtiyojlar tahlili natijalari;

IP3: PhD kurslari: 8ta ingliz tilida va 10 ta o’zbek tilida;

IP4: Axborot texnologiya (AT) platformasi, 5 ta PhD ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot markazi, biznes model;

IP5: O’zbek tilidagi Geofazoviy atamalar glossariysi;

IP6: Boshqaruv va menejment, ta’limni qo’llab-quvvatlash metodologiyalari, nazorat va tadqiqot usullari bo’yicha treninglar,yozgi maktab, doktorantlarning Yevropa Ittifoqi OTMlarida tahsil olishi;

IP7: GeoInformatika bo’yicha doimiy ilmiy konferensiyalar;

IP8: Sifat bo’yicha qo’llanma, baholash rejasi, sifatni takomillashtirish dasturi, xalqarolashtirishda o’z-o’zini baholash bo’yicha hisobot;

IP9: Veb-sayt, loyihani aks ettiruvchi materiallar, qiziqishni oshirish uchun tadbirlar.