Loyiha haqida

Loyiha ma’lumotlari

Hujjat: Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish, Key Action 2

Loyiha raqami: 585718-EPP-1-2017-1-HU-EPPKA2-CBHE-JP

Loyiha nomi: Geoinformatika sohasida doktorantura

Loyiha qisqartmasi: DSinGIS

Loyiha miqdori: 992 169 EUR

Loyiha muddati: 15.10.2017-14.10.2020

Loyiha haqida umumiy ma’lumot

Geoinformatika – bu yangi ilm sohasi hisoblanadi, lekin uning ildizi ming yillarga borib taqaladi. Loyiha uchta an’anaviy geografik fanlarni birlashtiradi (birinchidan, geodeziya – bu aniq fazoviy ma’lumotlarni olish, ikkinchidan, geografiya – inson va jismoniy jihatdan o’rganish fani sifatida hamda so’ngisi kartografiya – xaritalarni yaratish fani sifatida). Ushbu fanlarning integratsiyasi o’ta jadallik bilan rivojlanayotgan kompyuter tizimiga asoslangan. Geoinformatika metodlari barqaror rivojlanish uchun qarorlarni qabul qilishda zarur bo’lgan boshqa fanlarda keng qo’llaniladi.

Kutilayotgan natijalar quydagilardan iborat:

  • Geoinformatika sohasida xalqaro tarmoq;
  • akkreditatsiyadan o’tgan doktorantura dasturi;
  • OTMlarda yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish bo’yicha ta’lim salohiyati;
  • hamkorlikda joriy etiladigan elektron ta’lim platformasi;
  • tarmoqlararo aloqalarga ko’maklashuvchi o’zbek tilidagi geofazoviy atamalar glossariysi;
  • tadqiqot salohiyati: O’zbekistonda tarmoqlararo qo’llanishlar uchun tadqiqot laboratoriyalari va hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot markazi;
  • ko’plab samarali natijalarga qaratilgan yillik Geoinformatika konferensiyalari.

Geoinformatikadan foydalangan holda bir qancha masalalarni yechish mumkin, jumladan: iqlim o’zgarishi, yer degradatsiyasi, qishloq xo’jaligida kimyoviy moddalardan intensiv foydalanish, mintaqaning ikki asosiy daryosidan katta miqdordagi suv oqimi, suv tanqisligi, Orol dengizi yoki havo sifatiga tahdid soluvchi xavflar. O’zbekiston davlati jamoat xizmatining sifati, samaradorligi va interaktivligini oshirish, harajatlarni va resurslar sarfini kamaytirish hamda fuqarolar va jamiyat o’rtasidagi aloqani yaxshilash uchun innovatsiyalardan manfaatdor bo’ladi.

DSinGIS Geoinformatika sohasidagi yuqori sifatga ega bo’lgan dasturiy yoxud texnik ta’minot bilan doktorantura nomzodlariga loyiha davrida hamda undan so’ng ham xizmat qiladi. Biz rahbarlarni ham o’z ichiga olgan umumiy platforma sifatida onlayn o’qitish infratuzilmasini joriy qilamiz. O’quv materiallari 18 ta PhD kurslarini (10 ta o’zbek va 8 ta ingliz tillarida) o’z ichiga qamrab oladigan, qo’shma va hamkorlik asosida tayyorlangan materiallar orqali yetkaziladi. Infratuzilmada ta’limni boshqarish tizimi (Moodle) joriy etiladi. Barcha tarmoq hamkorlarida interfaol imkoniyatlar yaratiladi.