MAQSAD VA VAZIFALARIMIZ

Loyihaning maqsadi – Geoinformatika orqali O’zbekistonda barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlashdir.

Vazifalari:

  • Geoinformatikani tatbiq etish sohasida doimiy kasbiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlovchi yangi innovatsion doktorlik dastur va usullarini ishlab chiqish.
  • Yuqori axborot va komunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muhitini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy muassasalar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash.
  • O’zbekistondagi hamkor universitetlar professor-o’qituvchilari va ilmiy xodimlarining geoinformatika sohasidagi ilmiy salohiyatini yuksaltirish.
  • Doktorantura va ilmiy tadqiqotda O’zbekistonlik olimlarni tarmoqlararo geoinformatika sohasiga yo’naltirish.
  • Geoinformatika sohasida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchi va doktorantlarning xalqaro miqiyosidagi jamiyatlarga jalb etilishini kengaytirish, OTM va ITMlarning xalqarolashuvini kuchaytirish.