Print Friendly and PDF

Geoinformatika bo’yicha magistratura kursining tajriba bosqichi

2014 yilning sentabr oyidan boshlab Tempus GE-UZ loyihasi tomonidan O’zbekistondagi hamkor universitetlarda Geoinformatika mutaxassisligi bo’yicha magistratura kursi ochilib, yaratilgan o’quv materiallari sinovdan o’tkazila boshlandi. Talabalar ta’lim olishni Geodeziya va kartografiya (Geoinformatika) magistratura guruhida boshladilar. Hozirgi kunda ikkita fandan darslar dotsent Ilhomjon Musayev (GAT), professor Eshqobil Safarov hamda Ziyo Oxunov (Kartografiya va geovizualizatsiya) tomonidan o’tkazilib kelinmoqda.

Ular “Geoaxborot tizimi va fani” hamda “Kartografiya va geovizualizatsiya” fanlaridir. Bugungi kunda magistrantlar 2015 yilning 9 fevralidan 21 fevraliga qadar bo’lib o’tadigan yakuniy nazorat imtixonlariga tayyorgarlik ko’rishmoqda. Deyarli barcha fanlardan darslar Tempus GE-UZ loyihasi tomonidan moliyalashtirib jihozlangan o’quv xonalarida o’tkazilmoqda.