Print Friendly and PDF

GE-UZ yozgi o’quv kurslari

Geoinformatika bo’yicha yozgi o’quv kursi Tempus GE-UZ loyihasining so’nggi hisobot yig’ilishi bilan bog’liq holda O’zbekistondagi hamkor universitet talaba va yosh o’qituvchilari uchun tashkil etildi. Mazkur yozgi o’quv kursining shiori “GE-UZ O’zbekistonda barqaror rivojlanishga qanday erishmoqda?” deb nomlandi. Bunda dastur 2 ta alohida kurslardan iborat bo’lib, 2015 yilning 10-16 may kunlari bir hafta davomida bo’lib o’tdi. Ulardan biri “Tarixiy binolar uchun uch o’lchamli lazerli skanerning qo’llanilishi”, ikkinchisi esa “Atrof-muhitda GATning qo’llanilishi”ga bag’ishlandi.

Yozgi o’quv kurslarining ochilishi 

“Uch o’lchamli lazerli skanerning qo’llanilishi” kursining vazifasi O’zbekistonnning madaniy me’ros obyektlarini saqlashdan, maqsadi esa bino-inshootlarning uch o’lchamli modelini yaratishda lazerli skanerlash texnologiyasidan foydalanish bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo’ldi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan so’ng, qatnashchilar lazeri skanerning turli maqsadlarda qo’llanilishi va ishlash tamoyillari, konsepsiyalari haqidagi bilimlarga hamda lazerli skanerni turli muhandislik masalalarini yechishda qo’llash va ma'lumotlarni ishlash metodlarni amalga oshirish ko’nikmalariga ega bo’ldilar. Dala amaliyoti va ma’lumot to’plashda lazerli skanerni sinab ko’rish uchun TIMI hududi, tajriba qilish va ma’lumot to’plash uchun esa Toshkent shahridagi Hast Imom masjidi (Hazrati Imom) hududida joylashgan bir qator tarixiy yodgorliklardan biri hisoblangan Baroqxon madrasasi tanlab olindi. Mazkur o’quv kursida Trimble Real Works dasturidan foydalanildi hamda kursga Utkir Shermanov (TIMI) va Shvetsiya Qirollik Texnologiya Universitetidan Milan Horemuz rahbarlik qildilar.

Talabalar Baroqxon madrasasida

 Ikkinchi kursning vazifasi atrof-muhitdan tog’ri foydalanish uchun foydali qarorlar qabul qilishdan, maqsadi esa qatnashchilarni atrof-muhitni boshqarish masalalarida GATning asosiy fazoviy tahlil metodlaridan foydalana olish ko’nikmalarini shakllantiruvchi amaliy hamda uslubiy mahoratlarini rivojlantirishdan iborat bo’ldi. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlaganaridan so’ng, qatnashchilar GAT va Masofadan zondlash bo’yicha bilim va tushunchalarini tabiat o’zgarishlarida to’g’ri qaror qabul qilish va  ularni monitoring qilishni osonlashtirishda qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’ldilar. Mazkur kursda ArcGIS 10.2 va Idrisi dasturlaridan hamda onlayn Geoportallar orqali olingan kosmik suratlar va xaritalar, Markaziy Osiyo relefining raqamli modellari (DEM), shuningdek topografik xaritalardan foydalanildi. Kursga Sherzod Rakhmonov (TIMI) hamda Zalsburg Universiteti (Avstriya)dan Christoph Traun (UNIGIS, Z_GIS) rahbarlik qildilar.

Christoph Traunning ma’ruza jarayoni

“Atrof-muhitda GATning qo’llanilishi” kursi qatnashchilari

Tashkil qilingan qo’shimcha yig’ilishlar va GISCA 2015 konferensiyasida qatnashish imkoniyati mazkur kurslarga ijobiy ta’sir ko’rsatdi:

a) Ikki kun davom etgan (dushanba va chorshanba kunlari) yalpi majlislarda O’zbekistondagi Erasmus+ offisining Oliy ta’lim islohoti bo’yicha quyidagi mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan yarim soatlik Boloniya jarayoniga bag’ishlangan prezentatsiyalar:

- Zeboxon Isaqova: “Boloniya – asosiy elementlarining tahlili”

-  Usmon Sharifxodjayev: “Biznes va ta’lim institutlari hamkorligi”

b) Yalpi majlislardagi milliy va xalqaro mutaxassislar tomonidan qilingan ma’ruzalar:

- Milan Horemuz: “Ma’lumotlarni to’plash usullari”

- Christoph Traun: “GATga asoslangan atrof-muhit tahlillari”

-  Fahar Khalid: “Uchuvchisiz havo vositasi geomatikasi: qo’llanilishi, qiyinchiliklari va qonunchiligi”

- Manfred Mittlböck: “Fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasi va uning tadbiq qilinishi”

- Hasan Magdiyev: “O’zbekistonda fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasi”

- Christoph Schroeder: ” Yevropa mavzu markazi ma'lumot va bilimlar provayderlari sifatida”

- Akmal Payziyev: “Biznes tadbiqida GAT: MyTaxi Case”

 Har ikki guruh talabalari o’zlarining tadqiqot va ishlaridan olgan yangi bilimlari hamda natijalari to’g’risida GISCA 2015 konferensiyasida a’lo darajada prezentatsiya qildilar.

Trening kurs fotogalereyasi