Print Friendly and PDF

XALQARO KONFERENSIYA: Tempus GE-UZ + GISCA 2015

Tempus GE-UZ xalqaro konferensiyasi an’anaviy “Markaziy Osiyoda GAT” (GISCA 2015) konferensiyasi bilan hamkorlikda “Yer va suv resurslarini geofazoviy boshqarish” mavzusida shu yilning 14-16 may kunlari Toshkentda tashkil etildi. GISCA 2015 konferensiyasi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tomonidan “Avstriya-Markaziy Osiyo GAT markazi” (ACA*GIScience) va Zalsburg Universiteti (Avstriya) ning “Geoinformatika markazi” (Z_GIS) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Konferensiya Trimble, ESRI va Geoinformatika sohasidagi bir qator media hamkorlar tomonidan qo’llab quvvatlandi.

Ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi GAT sohasidagi akademik, tadqiqotchi va amaliyotchilarini birlashtirib, ularning e’tiborini Markaziy Osiyo davlariga qaratish, GAT ta’limi va fanida xalqaro hamkorlik hamda bilim almashinuvini rag’batlantirishdan iboratdir.

O’rta Osiyo, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Vengriya, Gollandiya, Ruminiya, Ispaniya, Shvetsiya, BAA, Birlashgan Qirollik va AQSH dalatlaridan kelgan 150 dan ortiq ishtirokchilar GAT ta’limi va tadqiqoti bo’yicha ilmiy izlanish taqdimotlari,  fikr-mulohazalar, tajriba va xalqaro tashabbus almashinuvidan bahramand bo’ldilar.

 Konferensiyaning madaniy-ma’rifiy qismida ishtirokchilar uchun Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari, shuningdek Orol dengizi mintaqasi va boshqa tarixiy joylarga sayohatlar uyushtirildi. 

 

 Mazkur konferensiyadan oldin Tempus GE-UZ loyihasi doirasida yozgi o’quv kurslari tashkil etildi. Uning natijalari mazkur o’quv kurslarida ishtirok etgan O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlari talabalari hamda yevropalik o’qituvchi-mutaxassislar tomonidan GSICA2015 konferensiyasida namoyish etildi. 

 

 Bu yil an’anaviy GISCA konferensiyasining 10 yillik o’ziga xos yubileyi nishonlangani va mintaqadagi ta’lim va tadqiqot hamkorligida “Markaziy Osiyoda GAT” konferensiyalarining qimmatli o’rni konferensiya qatnashchilari tomonidan ta’kidlab o’tildi. Michael Gould (ESRI kompaniyasining Global ta’lim bo’yicha boshqaruvchisi) o’zining “Qaror qabul qiluvchilarning keyingi avlodini yaratish uchun GAT ta’limi” nomli ma’ruzasida davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida Geoinformatikaning muhimligiga alohida e’tibor qaratib o’tdi. Qatnashchilar o’z navbatida, konferensiyaning mahalliy tashkilotchilari hisoblangan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya jamoasiga samimiy mehmondo’stlik, yaratilgan qulayliklar va mazkur juda ham qiziqarli xalqaro tadbir uchun a’lo darajadagi tashkilotchiligi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

 Konferensiya maqolalar to’plami tez orada rasmiy vebsaytga joylashtirilib, tanlangan sara maqolalar “Xalqaro Geoinformatika Jurnali”ning maxsus sonida chop etiladi. 

Konferensiya fotogalereyasi