Print Friendly and PDF

TIMIda zamonaviy geodezik texnologiyalar bo'yicha trening seminar

Joriy yilning 24 martidan 4 apreligacha Toshkent irrigatsiya va Melioratsiya institutida Zamonaviy Geodezik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha amaliy trening kursi bo’lib o’tdi. Trening kursni Shvedsiya Qirollik Texnologiya Institutining professorlari Milan Horemuz va Erik Asenjolar olib borishdi. Ushbu Treningda GE-UZ loyihasining hamkor universitetlarining o’qituvchilari hamda talabalari qatnashdilar. Kurs loyiha koordinatori Bela Markus tomonidan ochib berildi va Milan Horemuzning eng zamonaviy geodezik texnologiyalar haqidagi taqdimoti bilan davom ettirildi.

   

 Ushbu ikki haftalik kursda qatnashchilar kunning birinchi yarmida nazariy bilimlar olishdi va ikkinchi yarmida bo’lsa olingan bilimlarini amaliyotda sinashdi. Loyiha qoirasida Hamkor universitetlarga foydalanishlari uchun bitta Lazerli skaner va fotogrammetrik ish stansiyasi, har bir universitetga ikkitadan elektron taxeometr va nivelirlar, GPS texnologiyalari, bir nechtadan qo’lda olib yuriladigan GPSlar hamda kompyuter texnologiyalari xarid qilingan. Qatnashchi o’qituvchilar va talabalar ushbu yangi texnologiyalardan foydalanish bo’yicha nazariy va amaliy bilim hamda ko’nikmalarga ega bo’lishdi.

    

Har bir hamkor universitetda GAT laboratoriyalari tashkil etildi va ochilish marosimlari o’tkazildi.

   

 4 aprel kuni o’tkazilgan trening bo’yicha va loyiha oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarilishini bo’yicha seminar o’tkazildi. Unda hamkor universitetlardan kelgan professor o’qituvchilar, mutasaddi tashkilotlarning etakchi mutaxassislari va talabalar ishtirok etishdi.