Print Friendly and PDF

Asbob – uskunalar bilan tanishtiruv

Tempus GE-UZ loyihasi 8 ta elektron taxeometrlar, 4 ta GNSS roveri va asosiy stansiyalar, bir nechta qo’lda olib yuriladigan GPSlar, 1 ta lazerli skaner, 8 ta avtomatik nivelirlar va 8 ta lazerli masofa o’lchagichlarni xarid qilishni moliyalashtirdi. Quyida ba’zi asbob-uskunalarni tanishtirib o’tamiz:

 

Trimble M3 Servo va mexanik taxeometrlar:

  • Bu eng qulay asboblardan biri, yengil va ixcham, Trimble® M3 taxeometrlari talab qilinayotgan vaziyatda s’yomkani bajarish uchun barcha qulayliklar bilan ta’minlaydi.
  • Trimble Access Field Software On-board. Zamonaviy foydalanuvchilar uchun zarur bo’lgan bog’lashga ishonchli mexanik taxeometr; kuchliligi, funksionalligi va modulli dastur ta’minoti bilan ishonchli. Tanish va foydalanishga oson interfeysga ega. Dalada tez natija olish uchun kuchli ma’lumot to’plash va hisoblash imkoniyatiga ega. Ixtiyoriy marshrut moduli ish jarayonini osonlashtiradi. Uchinchi tomon resurslaridan marshrut aniqligini import qiladi. Gorizontal va vertikal tenglashtirish, shablonlar, balandlik va yozib olishni o’z ichiga olgan to’liq marshrutni aniqlashning kaliti. Tez ko’chib o’tish, qiyalikni rejalash, joyda loyihalash va joyda sifatni nazorat qilish imkoniyatiga ega.
  • Trimble DR Texnologiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: siz hohlagan nuqtalar o’lchovlarini olishda instrumentni o’rnatish (sozlash) sonini kamaytirib vaqtni tejaydi. Yuqori sifatli Elektron Hujjatni Boshqarish tez va ishonchli o’lchovlar olishni ta’minlaydi.
  • Yorug’ va rangli QVGA ekranli boshqaruvga ega.
  • Windows Embedded CE 6.0 operatsiya tizimida ishlaydi, Trimble Accessning grafik xususiyatini optimallashtiradi. O’qishga qulayligi, navigatsiya menyusi, egronomik nazorat, integratsiyalangan ekran va ma’lumot kiritish klaviaturasi takomillashgan.


GNSS rover- Trimble R4

  • To’liq GNSS tizimi
  • Yengil, qulay va kabelsiz
  • Ikki-chastotali antenna trek qilish qobiliyatini kuchaytiradi
  • Faza markazi barqarorligini millimetr bo’laklarigacha ta’minlaydi
  • Olinadigan batareya bilan energiyalashtirilgan
  • GPS L1, L2, L2C va QZSS bilan standartlashtirilgan
  • GNSS yordam darajasini tanlash uchun GLONASS, Galileo va BeiDou (COMPASS) dan iborat moslashuvchan yangilashni talab qilish imkoniyati.
  • Yuqori darajadagi Trimble R-Track Texnologiyasi
  • Trimble R6, Trimble R-Track texnologiyaga integratsiyalangan:
  • Ishonchli va aniq joylashtirishni amalga oshirish
  • Signal bashorat qiluvchi vaqti vaqti bilan keladigan yoki cheklangan RTK to’g’rilovchi signallarni tiklaydi
  • CMRx bog’lanish protokoli optimallashgan yo’lak kengligini va ko’rinib turgan barcha suniy yo’ldoshlardan to’liq foydalanish uchun qisqarishni tuzatishni ta’minlaydi.
  • VRS Rover, RTK Rover yoki Field Base Station funksiyalari
  • Statik s’yomka yoki RTK uchun yengil rover sifatida ishlatiladi
  • Trimble VRS yechimlari bilan mos keladi
  • O’rnatilgan 450 MHZ faqat radio yoki to’liq integratsiyalangan GSM/GPRS radioni qabul qiladi.
  • Integratsiyalangan ultrayuqori chastota uzatish imkoniyati

 

The Trimble® TX5 3D lazerli skaner turli skanerlash vazifalari uchun mo’ljallangan bo’lib,  tubdan o’zgartirilgan va ko’p funksiyali 3 o’lchamli skaner. Ixcham va yengil dezayni ish jarayonida tengi yo’q mobillikni ta’minlaydi va ish unumdorligini oshiradi. Sezuvchan va foydalanish uchun oson interfeys yangi foydalanuvchilarning tezligini oshirishda yordam beradi

  • Ko’p funksiyali va foyda keltiradigan
  • Ixcham va ko’tarib yurishga qulay
  • Fotoreal manzaralarni yaratish uchun integratsiyalangan rangli fotoapparat
  • Sezgir ekranli boshqaruv yangi foydalanuvchilar uchun ideal
  • Trimble TX5 ko’p funksiyali skaner amaliyotda keng qo’llaniladi:
  • S’yomka qilish: topografik karta uchun yuqori aniqlikda ma’lumot oladi, 2D va 3D CAD ko’rinishlarini yaratadi, masofa, maydon va hajmlarni o’lchaydi.
  • Binoni ma’lumotli modellashtirish - BIM: MEP yoki virtual loyiha va qurilish loyihalar ustida ishlayotgan qurilish firmalari uchun joyda va vaqtida ma’lumot olishda foydali. 
  • Sanoat ob’yektlarida: Ob’yektni qayta qurish va qayta loyihalashtirishda yoki ob’yektning hujjatlarini 3 o’lchamli ko’rinishda yangilashda aniq ishchi hujjatlashtirish ma’lumotini oladi.
  • Inspeksiya/Muhandislikni tekshirish: o’lchamlarni ajratib oladi va inshootning CAD ma’lumot mavjud bo’lmagan holatlarda 3 o’lchamli modellarni yaratish. Mavjud modellar, yuzalar va nuqtalar to’plamini to’liq tafsilotli tekshirish va taqqoslashni amalga oshirish.
  • Yer osti yo’li: loyiha bilan taqqoslash, kesimlarni va ajratib olinayotgan material hajmini o’lchash maqsadida yer osti yo’llarining profili va markaziy chiziq ma’lumotlarini olish.
  • Jinoyat va Sud holatlarida: Baxtsiz hodisalar va jinoyatlarni hujjatlashtirishda haqiqiy holatni rangli vizualisatsiya qilishni tez va batafsil amalga oshirish.