Print Friendly and PDF

Magistratura

Geoinformatika bo’yicha magistratura mutaxassisligi Tempus GE-UZ loyihasi asosida tashkil etildi. Mutaxassislik muvaffaqiyatli bo’lishi uchun loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Tegishli tashkilotlar va oily ta’lim muassasalarining sohaga bo’lgan ehtiyoji “Ehtiyojlar tahlili” orqali o’rganildi va bu bo’yicha o’quv fanlari tanlab olindi;
  • 4 ta oliy ta’lim muasassasining 8 nafardan o’qituvchilari Avstria va Vengriya davlatlarining ilg’or universitetlarida malaka oshirib kelishdi;
  • Yevropa va milliy ta’lim standartlariga mos keladigan o’quv reja, fan dasturlari va o’quv qo’llanmalar yaratildi;
  • Zamonaviy geodezik texnologiyalar va kompyuterlar xarid qilindi, laboratoriya xonalari ochildi;
  • Hamkorlikdagi 4 ta oliy ta’lim muasassalari uqitish jarayonida o’z hissasini qushadi;
  • Ushbu texnologiyalarni o’rgatish bo’yicha o’qituvchi va talabalar uchun trening kursi o’tkazildi.