Print Friendly and PDF

Magistrantlarga tabrik so'zi!

   Geoinformatika bo’yicha yangi magistratura mutaxassisligini ochish GE-UZ loyihasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mana shu vazifani amalga oshirish maqsadida magistratura kursi uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan Davlat Ta’lim Standarti tasdiqlandi. Shuningdek, magistraturada dars berish uchun 8 ta o’quv qo’llanmalari Yevropa va O’zbekistondagi hamkor universitetlarning professor-o’qituvchilarining hamkorligi ostida tayyorlandi. Magistraturani yuritish uchun institut tomonidan 6 ta majburiy va 2 ta tanlov mutaxassislik fanlaridan tashkil topgan o’quv reja tasdiqlandi. Magistraturada dars berish uchun TAQI, TIMI, O’zMU dan professor-o’qituvchilar tanlab olindi.

   2014 yil 30 iyundan 31 iyulgacha Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida magistraturaga qabul e’lon qilindi. Avgust oyining boshida mutaxassislik (yozma va og’zaki), ijtimoiy va ingliz tili fanlaridan imtihonlar olindi va natijada ikki nafar iqtidorli talaba ushbu magistraturaga o’qishga qabul qilindi.

 Endilikda magistrantlar eng zamonaviy komyuterlar, geodezik texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalarida Yevropaning ilg'or universitetlarida malaka oshirib kelgan professor-o'qituvchilardan ta’lim oladilar va yangi tadqiqotlar ustida ishlaydilar. 

Magistrantlarimizning o'qish va ilmiy izlanishlarida omad va zafarlar tilaymiz!