Print Friendly and PDF

GE-UZ loyihasi haqidagi ma’lumotlar tarqatilmoqda

 GE-UZ loyihasining jamoasi 2014 yilda bir nechta tadbirlarda qatnashib Tempus dasturi tomonidan moliyalashtirilgan, O’zbekistondagi hamkor universitetlarida Geoinformatika bo’yicha yangi magistratura mutaxassisligini tashkil etish va zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan loyihaning erishgan muvaffaqyatlari haqida keng ommani xabardor qildilar.

 Xalqaro geodezistlar federatsiyasining 25-kongressi  (FIG Congress)

   2014 yilning 16-21 iyun kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Xalqaro geodezistlar federatsiyasining 25 – kongressi tashkil etildi. Kongressda dunyoning turli joylaridan minglab geodesist va yer bo’yicha mutaxassislar qatnashdilar, ular sohaning rivojlanishiga yordam beradigan yangi bilim va tajribalar haqida suxbatlashishdi, muhokama va mulohazalar yuritdilar.

Batafsil ma’lumot uchun: http://www.fig.net/fig2014/.

O’tgan yilgi congress Nigerayada bo’lib o’tgandi, unda Afrikadan bir nechta mutaxassislar va dunyoning boshqa joylaridan 100 nafar delegatsiya  qatnashgandilar.

  Tadbir Muhtasham Kuala Lumpur Konvensiya Markazida Malayziya Bosh Vaziri Perdana Menteri tomonidan ochib berildi.

 Tadbir har doim Yosh Geodezistlar harakati kabi yangi avlodga soha haqidagi yangilarni tarqatishda juda yaxshi imkoniyat bo’lib kelgan. 

    Mamnuniyat bilan aytib o’tish kerakki, Odil Akbarov va Bela Markus o’zlarining taqdimotlari bilan qatnashchilarga loyiha haqida ma’lumot berdilar. Taqdimotlarni GE-UZ vebsaytidan (http://www.ge-uz.eu/?page_id=110) hamda kun tartibi haqida FIG kongressining rasmiy vebsaytidan (http://www.fig.net/pub/fig2014/techprog.htm) olishingiz mumkin.

  Dunyoning Yer bo’yicha mutaxassislari keying safar 2015 yilning may oyida Yevropada, Bolgariyaning Sofia shahrida yig’iladilar. 

 

 

 

 GISCA 2014

Xitoyning Urumchi shahridagi Xinjiang Ekologiya va Geografiya  institutida Xitoy fanlar akademiyasi hamda boshqa xalqaro universitet va tashkilotlar hamkorligida 2014 yilning 28-30 may kunlari GISCA 2014 konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada Xitoy, Belgiya, Yaponiya, Qirg’iziston, Ruminiya, Rvanda, Tojikistondan delegatsiyalar qatnashdi. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti xodimlari GE-UZ loyihasi qatnashchilaridan Tolmas Boltayev va Shukhrat Shokirov konferensiyada faol qatnashdilar.

 GISCA konferensiyasining maqsadi GAT fanlari va ularning turli sohalarda qo’llanilishi haqida bilim va tajriba almashish,shuningdek soha professorlari, tadqiqotchilari hamda mutaxassislarini birlashtirib xalqaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

 Konferensiya 8 ta sessiyaga bo’lindi va jami bo’lib 34 ta maqolalar taqdimot qilindi.

 Konferensiyaning 8 ta sessiyasida iqlim o’zgarishi, shaharlarning kengayishi, Ekotizim va atrof muhitni modellashtirish, suv resurslarini boshqarish va boshqa mavzularda taqdimotlar qilindi.

 Conference was divided into 8 sessions and total 34 articles were presented.

 Fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasi va Geoinformatika ta’limi sessiyasida Tempus GE-UZ loyihasining menedjeri Tolmas Boltayev o’zining “O’zbekistonning barqaror rivojlanishida Geoinformatika ta’limining roli” mavzusidagi maqolasini taqdim qildi. U loyihaning boshlanish kunidan boshlab o’quv reja va o’quv qo’llanmalarni yaratilishi, o’qituvchilarni malakaini oshirish kurslari, xarid qilingan zamonaviy geodezik texnologiyalarni o’z ichiga olgan faoliyatlarni taqdimot qildi.

Tolmas Boltayev va Shuxrat Shokirov GISCA 2015 ni Toshkentda o’tkazilishi haqida qatnashchilarni tanishtirdilar. Konferensiya 2015 yilning may oyida GE-UZ loyihasining yakuniy yig’ilishi bilan birgalikda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida o’tkaziladi. 

 Geoinformatika forumi – 2014: Jamiyat uchun Geofazoviy innovatsiya.

   Zalsburg universitetida 2014 yil 1-4 iyul kunlari navbatdagi GI forumini o’tkazildi. GI forum 2014 texnologlar va tanqidiy fikrlovchilar, GAT tadqiqotchilari va ta’lim beruvchilarga GAT jamiyatini qurishni qo’llab quvvatlash bo’yicha suxbat platformasi sifatida olib borildi. Forumning ko’rgazma tadbirida GE-UZ loyihasining posteri loyiha menedjeri Andrea Podor tomonidan taqdimot qilindi.