Print Friendly and PDF

Magistratura kursi akkreditatsiya qilindi

     Geoinformatika bo’yicha yangi magistratura mutaxassisligini tashkil etish GE-UZ loyihasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish maqsadida Geoinformatika magistratura mutaxassisligi uchun tuzilgan Davlat Ta’lim Standarti Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlandi. 2014 yilning 1 iyuldan 31 iyulgacha Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida ushbu magirtraturaga kirish uchun hujjatlar qabul qilindi. TIMIda yangi ochilgan magistratura mutaxassisligida dars berish uchun O’zbekistondagi hamkor oily ta’lim muassasalaridan professor va o’qituvchilar tanlab olindi. 2014 yil 2 sentyabrdan boshlab Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida Geoinformatika bo’yicha yangi magistratura mutaxassisligi ochildi. Magistratura mutaxassisligi uchun ishchi o’quv reja institut rahbariyati tomonidan tasdiqlandi. O’quv reja 6 ta majburiy va 2 ta tanlov mutaxassislik fanlar, tadqiqot ishlari va boshqa umumiy metodik kurslarni o’z ichiga olgan.

GE-UZ loyihasi asosida tashkil etilgan GAT laboratoriyasi zamonaviy kompyuterlar, dasturiy ta'minotlar va geodezik texnologiyalar bilan jixozlangan