Print Friendly and PDF

TIMI dotsenti Ilhomjon Musayevning Vengriyaga safari

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti dotsenti, GE-UZ loyihasining O’zbekistondagi dasturi rahbari Ilhomjon Musayev loyiha doirasidagi akademik almashinuv dasturida qatnashish uchun Vengriya davlatiga safar qildi. Mazkur safar davomida G’arbiy Vengriya Universitetidagi ta’limni boshqarish tajribalarini o’rgandi, shuningdek Vengriyaning Geodeziya, kartografiya va masofadan zondlash ilmiy tadqiqot instituti (FOMI)da oliy geodeziya, masofadan zondlash hamda GATning tadbiq qilinishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda o’zi ham bevosita ularda ishtirok etdi.

Dotsent Musayev Obuda Universitetining Alba Regia fakultetidagi Geoinformatika Institutining direktori professor Gyorgy Busicsning taklifiga binoan mazkur institutda bo’lib, mavjud kafedralar va o’qitish infratuzilmasi bilan tanishdi.

 Shuningdek, Geodeziya, kartografiya va masofadan zondlash ilmiy tadqiqot institutining Geodeziya va kartografiya bo’limi boshlig’i Imre Bushich tomonidan tashkillashtirilgan FOMIga tashrifi davomida Harbiy kartalar tuzish Agentligining Karta ishlab chiqarish bo’limi direktori Laszlo Nemeth va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Sopron shahridagi geodezik tayanch punkti (Nadap)ni ta’mirlash jarayoni

 Ilhomjon Musayev 2014 yilning 3-4 oktabr kunlari Budapeshtdagi Obuda Universitetida tashkil etilgan Tempus GE-UZ loyihasining 2-Hisobot yig’ilishida o’zining “Magistraturaning tajriba bosqichida tahlil o’tkazish va uni takomillashtirish” mavzusidagi taqdimoti bilan faol ishtirok etdi.

 Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tmoqchimizki, mazkur loyiha faoliyati doirasidagi akademik tashrif unda olingan turli g’oya va bilimlarga asoslangan holda hozirgi geodeziya, kartografiya, geoinformatika, atrof-muhit, yer va suv resurslariga oid muammolarni yechish uchun yangi imkoniyat eshiklarni ochib beradi.

 Ilhomjon Musayev Tempus GE-UZ loyihasi doirasidagi akademik almashinuv dasturida ishtirok etganligi uchun loyiha koordinatori prof. Markus Bela tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.